30-04-2018
2018 yil 27 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, filologiya fanlari doktori, professor N.V.Vladimirova va Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, filologiya fanlari nomzodi M.M.Sultonova tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan Xotira kechasi hamda “O‘zbek adabiyotshunosligining ikki malikasi” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.