1950-yillardan boshlab adabiyot tarixini urganishga bulgan qiziqish kuchayib, 1956-yildan o‘tmish o‘zbek adabiyotini o‘rganuvchi maxsus bo‘lim tashkil etildi. Unga falsafa fanlari doktori, taniqli navoiyshunos olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, professor Vohid Zohidov rahbar etib tayinlandi. Bo‘lim oldida turgan asosiy masala kup asrlik tarixga ega bulgan uzbek adabiyoti tarixini yaratish edi. Biroq ilmiy kuchlar kam, adabiyotimiz tarixiga oid ko‘p masalalar esa hali yetarli o‘rganilmagan edi. Shuning uchun birinchi galda adabiyotimiz tarixi bilan bog‘lik, materiallarni sistemalashtirish, o‘rganilmagan ijodkorlarning hayoti va ijodini chuqurroq o‘rganish, adabiyot tarixining kam o‘rganilgan davrlarini yanada chuqurroq tahlil etish, adabiyot tarixining nazariy masalalari bilan esa yanada jiddiyroq shug‘ullanish muammolari kun tartibiga quyildi. Shundan kelib chiqib, avvalo 4 jilddan iborat «O‘zbek adabiyoti» degan xrestomatiya tipidagi qo‘llanma tuzish maqbul topildi. Yetakchi mutaxassislar — P. Shamsiyev, H. Zarifov, S. Mutallibov A. Hayitmetov, A. Abdug‘afurov kabilar yoniga yangi tadqiqotchilar − A. Qayumov, H. Sulaymonov, R. Majidiy, S. G‘aniyeva, E. Rustamov, M. Qodirova va boshqalar ko‘shildi. Izlanishlar davomida o‘tmish o‘zbek adabiyoti materiallari nihoyatda ko‘pligi, lekin u ni o‘rganish, yig‘ish, nashr etish ishlariga sun’iy ravishda keng yul berilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Natijada, «O‘zbek adabiyoti» majmuasining 4-jildi ikki kitobdan iborat qilib nashr etiladigan bo‘ldi. Bundan keyingi matnshunoslik izlanishlari esa bu to‘rt jildlikka beshinchi jild bo‘lib ko‘shildi.
Bo'lim to'g'risida batafsil ma'lumot
Haqqulov Ibrohim Choriyevich
Filologiya fanlari doktori
Tel.: (99871) 233-53-88
Lavozimi: O‘zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi bo‘limi mudiri
Ilmiy darajasi: filologiya fanlari doktori (1975)
Ochilov Ergash Zokirovich
Filologiya fanlari nomzodi
Tel.: (99871) 233-53-88
Lavozimi: Mumtoz adabiyoti tarixi bo‘limi katta ilmiy xodimi
Ergashev Qodirjon Otajonovich
Filologiya fanlari nomzodi
Tel.: (99871) 233-53-88
Lavozimi: katta ilmiy xodim
Ilmiy darajasi: filologiya fanlari nomzodi
Rajabova Burobiya Tangirovna
Filologiya fanlari nomzodi
Tel.: (99871) 233-53-88
E-mail: burobiya67@mail.ru
Lavozimi: katta ilmiy xodim
Rafiddinov Sayfiddin Sayfullo o‘g‘li
Filologiya fanlari nomzodi
Tel.: (99871) 233-53-88
E-mail: alfaqir@list.ru, sayfiddin.sayfulloh@gmail.com
Lavozimi: katta ilmiy xodim
O‘tanova Sirdaryoxon Hakimjonovna
Filologiya fanlari nomzodi
Tel.: (99871) 233-53-88
E-mail: utanova14@mail.ru
Lavozimi: katta ilmiy xodim
Asadov Maqsud Husenovich
Lavozimi: kichik ilmiy xodim
Tel.: (99871) 233-53-88