Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Institut haqida

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-2789-sonli farmoniga binoan Fanlar akademiyasi huzurida tashkil etildi. Mazkur institut 1934-yilda O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti sifatida tashkil etilib, hanuzgacha respublikamizda folklorshunoslik, adabiyotshunoslik va tilshunoslik yo'nalishlaridagi eng yirik ilmiy markaz hisoblanadi. Institutda 8 ta bo'lim bo'lib, ularda folklorshunoslik, o'zbek adabiyoti tarixi, XX asr o'zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (istiqlol davri adabiyoti), adabiyot nazariyasi, adabiy aloqalar va tarjima nazariyasi, til tarixi, dialektologiya va turkiy tillarni qiyosiy o'rganish, hozirgi o'zbek tili, terminologiya, leksikologiya va leksikografiya sohalari bo'yicha fundamental tadqiqotlar olib boriladi.
Institutda 60 dan ortiq ilmiy va ilmiy-texnik xodimlar faoliyat ko'rsatadi. Ulardan 1 tasi O'zR FA akademigi, 8 tasi fan doktorlari, 20 tasi fan nomzodlari, 3 ta katta ilmiy xodim-izlanuvchilar tahskil qiladi. Institutda 1958-yildan beri ikki oyda bir marta chiqadigan «O'zbek tili va adabiyoti» ilmiy jurnali chop etiladi. 
Hozirgi kunda Institutda “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari”, “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish”, “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir”, “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish”, “O‘zbek folklorshunosligi tarixi”, “XV asr birinchi yarmi adabiy yodgorliklar tili”, “Alisher Navoiy asarlari  tilining izohli va frazeologik lug‘atlarini nashrga tayyorlash va chop etish”, “Onomastik birliklarning lingvopoetik tadqiqi” kitobini nashrga tayyorlash va chop etish” kabi mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda.
AQSH, Germaniya, Frantsiya, Slovakiya, Yaponiya, Rossiya, Eron, Turkiya, O'rta Osiyo davlatlari hamda Qozog'istondagi yetakchi ilmiy markazlarning adabiyotshunos, tilshunos hamda folklorshunoslari bilan olib borilayotgan aloqalar hamda ular ishtirokida ilmiy-nazariy anjumanlar, simpoziumlar va davra suhbatlari tashkil qilinishi Institut faoliyatining muhim jihatlaridandir. Shuningdek, institutda AQSH, Yaponiya, Xitoy, Koreya, Vetnam singari davlatlarning fuqarolari aspirantura va ilmiy stajirovkada bo'lib, o'zbek tili va adabiyotining turli dolzarb muammolari bo'yicha nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar va bugungi kunda ham ilmiy tadqiqotlar olib borayaptilar. Institut ilmiy salohiyatiInstitutda filol.f.d., prof., O'zR fan arbobi, O'zR Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi T.Mirzayev, filol.f.d., prof., O'zR Fan arbobi, O'zR Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi N.Karimov, akademik B.Nazarov, filol.f.d. E.Umarov, filol.f.d., Xalqaro Yassaviy mukofoti sohibi I.Haqqulov, filol.f.d., prof. M.Jo'rayev, filol.f.d., filol.f.n. Sh.Turdimov, filol.f.d. J.Eshonqulov, filol.f.n. A.Madvaliyev, filol.f.n. N.Mahkamov, filol.f.n. B.Yusufov, filol.f.n. R.Barakayev, filol.f.n. U.Hamdamov, filol.f.n. D.Xudoyberganova, Xalqaro Yassaviy mukofoti sohibi filol.f.n. S.Rafiddinov, filol.f.n. G‘Ismoilov, filol.f.n. O‘.Islomov, filol.f.n. M.Abdullayev, filol.f.n. S.Meliyev, filol.f.n. E.Ochilov, filol.f.n. B.Rajabova, filol.f.n. Z.Rasulova, filol.f.n. G.Sattorova, filol.f.n. S.To‘laganova, filol.f.n. L.Xudayqulova, filol.f.n. M.Qo‘chqorova singari respublikamizda va xorijda e'tirof etilgan olimlar faoliyat ko'rsatayaptilar.
Institutda fundamental tadqiqotlar dasturi bo'yicha 4, davlat ilmiy-texnik dasturlari bo'yicha 4, innovaitson loyihalar bo'yicha 4, O'zR FA fundamental tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash fondi loyihalari bo'yicha 2 mavzuda ish olib borilayapti.

I.    Ilmiy yo'nalishlar (2012-2016)
 Fundamental tadqiqotlar

  1. ФА – Ф1-И-2012-1-8. Ўзбек халқ ижоди ёдгорликлари 100 жилдлигини нашрга тайёрлаш ва уни текстологик ўрганиш масалалари.

  2. ФА – Ф1-Г039. Алишер Навоий (2 жилдлик) ва Абдулла Қодирий қомусларини яратиш.

  3. ФА – Ф1-Г040. Ўзбек адабиёти қиёсий адабиётшунослик аспектида: типология ва адабий таъсир.

  4. ФА – Ф1-Г041. Ўзбек тили лексикаси ва терминологиясининг мустақиллик даври тараққиётини тадқиқ этиш.

Davlat ilmiy-texnik dasturlari

  1. ФА – А1-Г052. 15 жилдли «Ўзбек фольклори ва адабиёти тарихи»ни нашрга тайёрлаш ва чоп этиш (2012-2014).

  2. ФА – А1-Г053. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли ва фразеологик луғатлари (2012-2014).

  3. 3.ФА-А1-Г031. Ўзбек фольклоршунослиги тарихи(2015-2017).

  4. 4.ФА–А1-Г032. XV аср биринчи ярми адабий ёдгорликлар тили (2015-2017).

Innovatsion loyihalar

  1. 1 ФА – И9-Г07 «Ўзбек тилидаги ўхшатишларнинг изоҳли луғати» (2011-2012).

  2. 2 И1-ФА-0-12850 “Сўз маъно тараққиётида зиддият” (2014).

  3. 3ФА-ИЗ-Г008. Алишер Навоий асарлари  тилининг изоҳли ва фразеологик луғатларини нашрга тайёрлаш ва чоп этиш (2015-2016).

  4. ФА-ИЗ-Г009. “Ономастик бирликларнинг лингвопоэтик тадқиқи” китобини нашрга тайёрлаш ва чоп этиш (2015-2016).

Yosh olimlar fundamental tadqiqotlari loyihalari

  1. ФА – ФЁ1-Г006. ХХ аср ўзбек адабиётининг Америкада ўрганилиши (2012-2013).

  2. ЁФ1-ФА-1-21136. Анъанадаги тадрижийлик ва ижодий янгиланиш тамойиллари (2014-2015).

O'zR FA fundamental tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash fondi loyihalari

  1. И.2-12 XV-XVII асрларда тарихий наср тараққиёти (2012-2013).

  2. 2. И.2-12 Хорижда ўзбек адабиётшунослиги: тадқиқ ва таржима (2014-2015).


Institut ilmiy xodimlarining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dagi ishtirokiInstitut Respublikaning barcha universitet va pedagogika institutlari o'zbek tili va adabiyoti kafedralari bilan ko'p yillik ilmiy-amaliy hamkorlik shartnomalarini tuzgan. Shu asosda Institut yetakchi olimlaridan 12 kishi Respublika oliy o'quv yurtlari magistraturasida, 14 ilmiy xodim bakalavriatida, 23 ilmiy xodim litsey va kollejlarda professor-o'qituvchi sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.Shuningdek, xorijiy mamlakatlar (АҚШ, Япония, Корея) fuqarolari tilshunoslik va adabiyot nazariyasi ixtisosligi bo'yicha shartnoma asosida tahsil oldi. 

Noyob ob’yektlar (Folklor arxivi).

Folklor arxivi (bunga H.Sulaymonov nomidagi sobiq Qo'lyozmalar institutining folklor fondi ham qo'shilgan) XX asrning 20-yillaridan  bugungi kungacha bir necha avlod folklorshunoslar tomonidan yozib olingan bebaho xalq og'zaki badiiy ijodi namunalarini o'zida saqlab kelayotgan nodir obyekt hisoblanadi. O'zbek folklorshunosligining asoschisi, atoqli olim H.Zarifov nomi bilan ataladigan mazkur folklor arxivida saqlanayotgan hujjatlarning umumiy miqdori 2000 saqlov birligidan iborat bo'lib, bu fondga keyinchalik qo'shilgan H.Sulaymonov nomidagi sobiq Qo'lyozmalar instituti folklor arxividan kelgan hujjatlarning son birligi 11000 dan ziyodroqdir. Bu yerda saqlanayotgan hujjatlarning hajmi turlicha bo'lib, 50-100 betdan 400-500 sahifagacha bo'lgan nodir xalq dostonlari, bir sahifadan 100 betgacha bo'lgan qo'shiq, afsona, naql, ertak va boshqa folklor janrlariga mansub namunalar mavjud. Mazkur noyob obyektda saqlanayotgan folklor namunalari o'z davrida amal qilgan asosiy yozuvda yozib olinganligi sababli ular arab, lotin, kirill alifbosidagi qo'lyozmalardan hamda magnit tasmalaridagi yozuvlardan tashkil topgan.
O'zbek folklori arxivida ajdodlarimizning ko'p asrlik badiiy tafakkuri taraqqiyotini o'zida mujassamlashtirgan nodir folklor yodgorliklari jamlangan. Bu asarlarning aksariyati, xususan, «Alpomish», «Go'rug'li», «Rustamxon», «Kuntug'mish» singari monumental epos namunalari bugungi kunda nafaqat o'zbek xalqining, balki dunyo xalqlarining nomoddiy madaniyati durdonalari sifatida e'tirof etilgan.


×