28-06-2018
2018 yil 27 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida yirik adabiyotshunos olim, akademik Matyoqub Qo‘shjonov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Matyoqub Qo‘shjonov – yirik nazariyotchi olim, munaqqid” mavzuidagi ilmiy-nazariy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda Respublikaning yetuk adabiyotshunos olimlari ishtirok etishdi.