Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol'klori instituti hamda Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida Zokirjon Furqat tavalludining 160 yilligi munosabati bilan «Furqat ijodiyoti va o‘zbek mumtoz adabiyoti» mavzusida

25-09-2019

Anjuman institut direktori, filologiya fanlari doktori, professor N.M.Mahmudovning kirish so‘zi bilan ochiladi. Unda  XIX asr o‘zbek klassik adabiyotining atoqli vakili, shoir, adabiyotshunos, nazariyotchi olim, publisist, ma'rifatparvar Zokirjon Furqat tug‘ilganining 160 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanining asosiy maqsad va vazifalari Zokirjon Furqat ijodining XIX asr Qo‘qon adabiy muhiti hamda Mustaqillik yillarida o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni hamda mamlakatimiz adabiy-ma'rifiy jihatdan yuksalishidagi o‘rni haqida so‘z boradi.
Anjumanga taqdim etilgan ma'ruzalarning mavzulari rang-barang bo‘lib, ularda Zokirjon Furqat ijodiy faoliyatini milliy mafkuramiz nuqtai nazaridan o‘rganishning dolzarb muammolari, shoir yaratgan adabiyotshunoslikka doir asarlar, davrning dolzarb muammolari qalamga olingan o‘tkir maqolalari ijtimoiy-iqtisodiy, ma'rifiy mazmundagi chuqur yoritilgani bilan yetuk avlodni kamol toptirishdagi o‘ziga xos ahamiyati, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida shoir asarlarining o‘qitilishiga doir masalalar muhokama qilinadi. Anjuman kun tartibiga 12 ma'ruza kiritilgan. Jumladan, filologiya fanlari doktori I.Haqqulov (O‘zR FA O‘TAFI) “Furqat – armon va ayriliq shoiri”, Filol.f.d. N.Jabborov (ToshDO‘TAU) “Furqatning o‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti taraqqiyotida tutgan o‘rni”,  filol.f.n. Q.Ergashev (O‘zR FA O‘TAFI) “Furqatning nasriy merosi”, filol.f.n. S.Rafiddinov (O‘zR FA O‘TAFI) “Furqat she'riyatida diniy-ma'rifiy ma'nolar talqini”, filol.f.n. E.Ochilov (O‘zR FA O‘TAFI) “Furqat ijodida Navoiy an'analari”, filol.f.n. B.Rajabova (O‘zR FA O‘TAFI) “Po‘lotjon Qayyumiy – furqatshunos”, filol.f.n.Z.Qobilova (Qo‘qonDPI) “Furqatning Amiriy g‘azallariga tatabbulari”, filol.f.n. S.O‘tanova (O‘zR FA O‘TAFI) “Furqat she'riyatida rang va ruhiy holat tasvirlari”, filol.f.n. M.Asadov (O‘zR FA O‘TAFI) “Furqatning badiiy mahoratiga doir”  haqida  mavzularida ma'ruza qiladilar.


×