21-09-2018
O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 2019-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) tanlov e’lon qiladi.
Tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) hujjatlar 2018-yilning 15-sentyabridan 15-oktyabrigacha qabul qilinadi.
Tayanch doktorant (PhD) sifatida o‘qishga talabgorlar oliy ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
• ariza;
• qisqacha biografik ma’lumotnoma;
• mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
• oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki magistr darajasi joriy etilganiga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK talabida belgilangan ilmiy jurnallar va to‘plamlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar ro‘yxati;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Tayanch doktorant (PhD) sifatida o‘qishga talabgor shaxslar chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til bo‘yicha) va mutaxassislik fani bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.
Kirish imtihonlari 2018-yil 1-25-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Doktorant (DSc) sifatida o‘qishga talabgorlar oliy ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
• ariza;
• qisqacha biografik ma’lumotnoma;
• mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
• oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falasafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
• tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassil loyihasi;
• nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
Doktoranturaga (DSc) talabgor shaxslar fan nomzodi yoki falasafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishgan, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lishi shart. Kirish imtihonlari 2018-yil 1-25-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.