“O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali 1958-yildan O‘zR FA Til va adabiyot institutida nashr qilina boshlagan. Bu jurnalga 1958-yili Oybek asos solgan bo‘lib, ҳозиргача o‘zbek tili va adabiyotiga oid dolzarb mavzulardagi maqolalar chop qilinmoqda. Jurnalning bir yilda 6 ta soni nashr qilinadi.
Hozirgi kunda jurnalning bosh muharriri Institut direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mamadaliyevich Mahmudov.
O‘tgan yillar davomida jurnal tahrir hay’ati tarkibi ancha mustahkamlandi. Ayni paytda tahrir hay’atida 14 nafar fan doktori, 4 nafar fan nomzodi, dotsentlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zR Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining qarori bilan filologiya fanlari bo‘yicha OAKning ilmiy nashrlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Jurnalning masshtabi keng miqyosda bo‘lib, hozirgi kunda jurnalda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi ilmiy muassasalar, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlari tadqiqotchilarining o‘zbek tili va adabiyotiga oid turli mavzudagi maqolalari chop qilinmoqda.
Tahrir hay’ati:
Bosh muharrir: Nizomiddin Mamadaliyevich Mahmudov
Rahmatulla Barakayev
Mamatqul Jo‘rayev (bosh muharrir o‘rinbosari)
Naim Karimov
Bahodir Karimov
Shuhrat Ko'chimov
Abduvahob Madvaliyev (bosh muharrir o‘rinbosari)
To‘ra Mirzayev
Baxtiyor Nazarov (bosh muharrir o‘rinbosari)
Ergash Ochilov (mas’ul kotib)
Shuhrat Sirojiddinov
Boqijon To'xliyev
Shoira Usmonova
Durdona Xudoyberganova
Jabbor Eshonqulov
Ulug'bek Hamdamov
Saidbek Hasanov
Ibrohim Haqqulov
Bog‘lanish uchun:
Tel.: (99871) 233-71-44
E-mail: jurnal_uzlit@mail.ru
MUALLIFLARGA ESLATMA!
Maqola Times New Roman shriftida yozilishi lozim. 14 shrift, 1,5 intervalda, hoshiya chapda 3 sm, yuqori va pastda 2 sm, o‘ngda 1,5 sm bo‘lishi lozim.
Har bir maqolada o‘zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya, kalit so‘zlar bo‘lishi shart.
Muallifning ism-familiyasi, ilmiy unvoni va ilmiy darajasi, ish o‘rni, lavozimi yozilishi lozim.
Maqola elektron variantda topshirilishi lozim.
Har bir maqolada muammoning qo‘yilishi, materialning nazariy-metodologik va uslubiy jihatdan puxtaligi, manbalarning ishonchliligi, muammo, xulosa, taklif va tavsiyalarning asosliligiga e’tibor berish kerak.
Maqolalar hajmi kamida 0,25 bosma tabaqdan iborat bo‘lishi, ya’ni 8-10 betdan oshmasligi kerak.
Havola (snoska) har sahifada oxirida berilishi lozim.
Tahririyat maqolani qisqartirish va tahrir qilish huquqiga ega.
Jurnalga kelgan maqola taqrizga beriladi va ijobiy taqriz olgan taqdirdi jurnalda chop etiladi.
Maqolalarda foydalanilgan misol, ko‘chirma, ma’lumotlarning aniqligi uchun mualliflar javobgar hisoblanadi.
O'zbek tili va adabiyoti jurnali 2018 yil 2-son
O'zbek tili va adabiyoti jurnali 2018 yil 1-son