Adabiy aloqalar, tarjima nazariyasi, O‘zbekistondagi rus adabiyoti sho‘ba va bo‘limlari taxminan, so‘nggi 45 yil davomida ham mustaqil ravishda, ham ayrimlari o‘zaro birikkan holda faoliyat olib bordi.
Tarjima nazariyasi bo‘limi (J.SH.Sharipov rahbarlik qilgan);
O‘zbekistonda rus adabiyotini o‘rganish bo‘limi (bo‘limni 1985-yilgacha prof.M.M.Rasuliy boshqardi. 1986-1996 yy. f.f.n.P.Mirzaaxmedova rahbarlik qildi);
Adabiy aloqalar bo‘limi (bo‘limni uzoq yillar davomida O‘zR FA muxbir a’zosi Y.S.Sultonov boshqardi. So‘ng unga prof. H.SH.Abdusamatov, akad.S.M.Mamajonov, prof.E.A.Karimov rahbarlik qildilar). XX asrning 60-yillari o‘rtalarida “Adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid sektori” bo‘limi tashkil qilindi.
Bo'lim to'g'risida batafsil ma'lumot
Nazarov Baxtiyor Aminovich
Filologiya fanlari doktori, Akademik.
Tel: (99871) 233-55-61
Ma’lumoti: Toshkent Davlat universitetining filologiya fakulteti (1961-1966 yy.)
Lavozimi: O‘zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Adabiy aloqalar va adabiyot nazariyasi bo‘limi mudiri
Ilmiy daraja: filologiya fanlari doktori (1984), akademik
Meliyev Suvon
Ilmiy daraja: Filologiya fanlari nomzodi (1986).
Tel: (99871) 233-55-61
Ma’lumoti: oliy
Lavozimi: O‘zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Adabiy aloqalar va adabiyot nazariyasi bo‘limi katta ilmiy xodimi